Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Aliyev viloyat 3-sektoriga qarashli Shofirkon tumanining hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi.
Bugun, joriy yilning 29 mart kuni viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev viloyat 3-sektoriga qarashli Shofirkon tumanining 50 ta mahallalariga xizmat ko‘rsatuvchi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning dastlabki ish natijalarini muhokama qildi.
Faoliyati boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan ushbu tizimlar mutasaddilariga prezidentimiz tomonidan bildirilayotgan yuksak ishonch, ular zimmalaridagi mas‘uliyat, oldilarida turgan dolzarb vazifalar, kelgusida amalga oshirilishlari lozim bo‘lgan ishlar ko‘lami hamda samaradorlik ko‘rsatgichlari va prognozlari bo‘yicha o‘zining taklif va mulohazalarini bildirdi.
Ochiq va samimiy tarzda o‘tgan uchrashuvda, viloyat 3-sektori rahbari sifatida Shuxrat Aliyev, tumanning barcha mahallalarida xizmat olib borayotgan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilariga yelkadosh va ko‘makchi bo‘lib, hamkorlikda ishlashga chaqirdi.