Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i "SMART HUQUQ TARTIBOT MASKANI" loyihasini prezentatsiya qildi.
Mahallalarda aholiga qulay shart sharoitlar yaratish, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi idoralar dasturiy taʼminotlarini mahallaning o‘ziga integratsiya qilish, xizmat ko‘rsatish tezkorligi va sifatini oshirish, aholining muammolari va murojaatlari bilan ishlash tizimini soddalashtirish va takomillashtirish, mahalla masʼullarining ish natijalarini kundalik monitoring qilib borish, bunda zamonaviy hamda innovatsion texnologiyalardan keng foydalanish maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan "SMART HUQUQ TARTIBOT MASKANI" loyihasi ishlab chiqildi.
Bugun joriy yilning 8 aprel kuni, viloyat hokimligi kichik majlislar zalida Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, viloyat hokimi Botir Zaripov va sektor rahbarlari hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida ushbu loyihani prezentatsiya qildi.
Viloyat hokimi Botir Zaripov va boshqa mutasaddilar prezentatsiya qilingan dasturiy taʼminot bo‘yicha o‘zlarining fikr mulohazalari hamda takliflarini bildirib, "SMART HUQUQ TARTIBOT MASKANI" loyihasini mukammallashtirish borasidagi chora tadbirlar belgilab olindi.