9 Fevral 2022 yil 449

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i va Olot tumani hokimi ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektorlari bilan yuzma-yuz muloqot qilishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 aprel kunidagi 5050-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov rahbarligida 2021 yilning 18 mart kuni Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari va jamoatchilik vakillari bilan o‘tkazilgan qo‘shma sayyor yig‘ilish bayoniga asosan tuman hokimlari har oyda profilaktika inspektorlari bilan shaxsan uchrashib, mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish borasidagi muammolarni o‘rganishi va ularni hal etish hamda tayanch punktlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda amaliy yordam ko‘rsatish amaliyoti joriy qilingan edi.

Ushbu normativ hujjatlar ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Olot tumani hokimi Nargiza Negmatova va boshqa mutasaddilar bilan birgalikda Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektorlari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida profilaktika inspektorlarining xizmat hamda turmush sharoitlarini yaxshilash, tayanch punktlari va huquq-tartibot maskanlari moddiy texnika bazasini mustahkamlashga qaratilgan takliflari birma-bir o‘rganilib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Aliyev profilaktika inspektorlariga xizmatni samarali tashkil etish bo‘yicha o‘zining tavsiyalarini bildirib, xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya qilish borasidagi talablarini yetkazdi.

Text to speech