Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi.
Joriy yilning 31 mart kuni Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, boshqarma boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari va hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi masʼul rahbarlari ishtirokida videoselektor tarzida tezkor yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda quyidagi masalalar:
- Muborak Ramazon oyining kirib kelishi munosabati bilan fuqarolarimiz tomonidan diniy amallarning xavfsiz ado etilishi uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish, masjidlarda fuqarolar va yong‘in xavfsizligi choralarini kuchaytirish, masjidlar atrofi, ko‘cha va boshqa jamoat joylari va yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash borasidagi vazifalar;
- qishloq xo‘jaligi sohasida bahorgi ekin mavsumining boshlanishi munosabati bilan amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar jarayonida xavfsizlik va yo‘llarda harakat ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash bilan bog‘liq chora-tadbirlar birma-bir muhokama qilindi.
Har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglanib, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tuman (shahar) larga masʼul etib biriktirilgan sohaviy xizmatlar rahbarlari, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari va boshqa mutasaddilarga aniq va manzilli topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.