7 Aprel 2022 yil 422

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i xodimlarning xizmat va turmush sharoitlarini o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.

Xabaringiz bor, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev hududlarga chiqib, hududlarda “mahallabay” tizim asosida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlarning natijadorligi, mahallalarda faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlari uchun yaratib berilgan xizmat va turmush sharoitlarini o‘rganib bormoqda.

Boshqarma boshlig‘ining bugun ham xuddi shu yo‘nalishdagi ishlarni o‘rganish maqsadida Buxoro shahridagi "Gulchorbog‘" hamda "M.Narshaxiy" mahallalariga xizmat ko‘rsatuvchi 50 va 62-sonli ichki ishlar organlari tayanch punktlarining holati, hudud profilaktika inspektorining faoliyati, unga yaratib berilgan xizmat sharoitlari, yurituvidagi hujjatlar, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirgan ishlarini o‘rgandi.

Shuningdek, “Otbozor” va "Gulchorbog‘" mahallalari profilaktika inspektorlarining xizmat uylarini ham borib ko‘rib, xodim va uning oila aʼzolari yashashlari uchun yetarli sharoitlarning mavjudligi, mavjud muammolarini birma bir o‘rganib, xizmat uylarini joriy taʼmirlash, atrof hududi va tomarqasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berdi.

Bundan tashqari mahallalarda “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlash, jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi keskin kurashish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan chorak yakuni tahlillaridan kelib chiqib yo‘l xaritalarini ishlab chiqish va manzilli ishlar olib borish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berdi.

Text to speech