Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining joylardagi o‘rganishlari davom etmoqda.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyevning navbatdagi o‘rganishlari Probatsiya xizmati faoliyati bo‘ldi.
Boshqarma boshlig‘i viloyat hamda Buxoro shahar IIO va FMB Probatsiya xizmatlari joylashgan maʼmuriy binoga tashrif buyurib, Probatsiya xizmatining 3 oylik ish natijalarini muhokama qildi.
Probatsiya hisobida turuvchi shaxslar bilan ishlash, ularni sog‘lom turmush tarziga qaytarish, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidagi ishlarda xodimlarni qiynab kelayotgan tizimli muammolarni muhokama qilib, ularning yechimi yuzasidan boshqarma boshlig‘ining tegishli rahbarlari va tizim masʼullari manzilli topshiriqlar berdi.
Keyingi manzil, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi bo‘ldi.
Bu yerda Shuxrat Aliyev fuqarolik pasporti va xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirib berish bilan bog‘liq bugungi kundagi muammolar, mavjud texnika vositalari va xodimlarning kundalik yuklamalari bilan yaqindan tanishdi.
Boshqarmada fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da oshirish, xodimlarning kasbiy etika qoidalariga rioya qilishlari, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish yuzasidan tushuntirishlar berdi.
Shuningdek mazkur ikkala tizimdagi bo‘sh lavozimlarni munosib kadrlar bilan jamlash, xodimlarning kasbiy bilim va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini muntazam tashkil etish, ushbu sohaviy xizmatlar xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash masalalarini ham muhokama qildi.