Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining navbatdagi sayyor qabuli Peshku tumani “Mahallayi Mirishkor” mahallasi aholisi bilan oʻtkazildi.
Buxoro viloyati hokimi hamda Xalq qabulxonasi tomonidan tasdiqlangan reja asosida viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining navbatdagi sayyor qabuli joriy yilning 21-oktyabr kuni Peshku tumani “Mahallayi Mirishkor” mahallasining aholisi bilan oʻtkazildi.
50 nafarga yaqin mahalla fuqarolari va faollari ishtirok etgan sayyor qabulda, 15 dan ortiq turli masalalardagi murojaatlar Buxoro viloyati 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, xalq qabulxonasi tuman boʻlimi, tuman sektor rahbarlari, viloyat hamda tuman mutasaddi idoralar masʼullari, mahallaning boshqaruv ofisi xodimlari ishtirokida birma-bir koʻrib chiqildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, ish yurituviga olingan, qoʻshimcha tekshirish va muddat talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olindi hamda mutasaddilarga koʻrsatmalar berildi.
Sayyor qabul davomida mahalla aholisi uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi. Shuningdek yoʻl, tabiiy va suyultirilgan gaz, ichimlik suvi va elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qilingan murojaatlar boʻyicha mutasaddi idoralar tomonidan ishlar boshlab yuborildi.
Bu kabi sayyor qabullar viloyat 3-sektoriga qarashli Gʻijduvon, Shofirkon hamda Vobkent tumanlari, shuningdek, viloyatning qolgan barcha shahar va tumanlari 3-sektorlari hududidagi mahallalarda “mahallabay” tizim asosida navbati bilan oʻtkazilib kelinmoqda.