9 Aprel 2022 yil 366

Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Buxoro tumani IIB 1-sonli ichki ishlar bo‘linmasi faoliyatini o‘rgandi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarning birinchi chorak yakunlarini hududlarga chiqqan holda o‘rganib kelmoqda.

Boshqarma boshlig‘i bugun, 9 aprel kuni Buxoro tumani Ichki ishlar bo‘limi 1-sonli ichki ishlar bo‘linmasiga borib, ushbu bo‘linmaning maʼmuriy hududida birinchi chorak davomida sodir bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklar yuzasidan bo‘linma rahbarining hisobotini eshitdi.

Jinoyatlar tahlilidan kelib chiqib, hududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, kundalik xizmat faoliyatini samarali tashkil etish, hamkorlikda faoliyat olib boruvchi boshqa sohaviy xizmatlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda jamoatchilik asosida tashkil etilgan patrullik guruhlarning xizmat yo‘nalishlarini kriminogen vaziyatiga qarab toifalarga ajratilgan mahallalar kesimida qayta taqsimlash, jinoyat va huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ariza va xabarlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, xodimlar yurituvidagi hujjatlar, hududda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida «mahallabay», «xonadonbay», «fuqarobay» ishlash borasida manzilli topshiriqlar berdi.

O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni hal etish, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼul rahbarlarga ko‘rsatmalar berdi.

Text to speech