20 Oktyabr 2021 yil 482

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasining ish natijalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Bugun, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘lim hamda bo‘linmalari xodimlari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Muhokama davomida kun tartibidagi barcha masalalar birma-bir tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, hududlarda huquq-tartibot va qonuniylikni mustahkamlash, aholi tinchligi va xavfsizligini taʼminlash borasida sidqidildan mehnat qilib, ijobiy natijalarga erishgan bir guruh xodimlar viloyat Ichki ishlar boshqarmasining "Faxriy yorlig‘i", pul mukofotlari va xizmatda foydalanishi uchun zarur bo‘lgan texnika vositalari bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, xizmat faoliyati jarayonida o‘zining namunali xulqi va ishchanligi bilan hamkasblariga shaxsiy namuna ko‘rsatib kelayotgan bir qator tergovchilarning ota-onalariga “Tashakkurnomalar” topshirildi.

 

Text to speech