9 Dekabr 2021 yil 587

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Bugun, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda IIV Buxoro Akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 19 noyabr kunidagi farmoyishi asosida “El-yurt osoyishtaligi generallari”, “Ichki ishlar organlarining mard o‘g‘lonlari”, “Faxriylar-faxrimiz” hamda “O‘zbekiston xalqi xizmatida” nomli kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi.

Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi IIV Birlashgan kasaba uyushmasi bosh mutaxassisi, isteʼfodagi polkovnik A.Sattorov, vazirlik Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti katta inspektori, podpolkovnik Q.Shokirov, IIV Akademiyasi dotsenti, podpolkovnik Q.Qodirovlar ishtirok etib, kitoblarning yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berishdi.

Jumladan, isteʼfodagi polkovnik A.Sattorov mazkur kitoblarda O‘zbekistondan yetishib chiqqan generallar, shuningdek, sohada samarali mehnat qilgan fidoyi faxriylar, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning jasorat va matonati aks ettirilganligini alohida taʼkidladi.

Ushbu asarlar soha xodimlarining maʼnaviy-siyosiy bilimlarini boyitishga xizmat qilishi qayd etildi. O‘z o‘rnida so‘zga chiqqan kitobxon xodimlar mazkur kitoblarning ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Taqdimotda kitobsevar xodimlar mualliflarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, atroflicha javob oldilar.

Tadbir yakunida, faxriy mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Text to speech