8 Fevral 2022 yil 849

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot anjumani o‘tkazish to‘g‘risida eʼlon qiladi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida amalga oshirilayotgan islohotlarni aholi eʼtiboriga yetkazish, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi, 2021 yil davomida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida olib borilgan keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar haqida hisobot berish, sohaga taalluqli muammoli savollarga oydinlik kiritish hamda tizimda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati tomonidan 2022 yil 11 fevral (juma) kuni soat 10:00 da viloyat Ichki ishlar boshqarmasi (1-bino) kichik majlislar zalida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Bunda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Aliyev hamda tegishli sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etadi.

Ushbu anjumanga viloyatimiz hududida faoliyat yuritayotgan barcha Ommaviy axborot vositalari vakillari, mustaqil jurnalistlar va blogerlarni taklif qilamiz.

Text to speech