27 Yanvar 2022 yil 490

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi otaligʻiga berilgan maktab internatining faoliyatini yaxshilash borasida qator manzilli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Xabaringiz bor, Buxoro shahridagi ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 24-son maktab internati Ichki ishlar boshqarmasi otalig‘iga olingan edi.

Joriy yilning 27 yanvar kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sh.H.Aliyev huzurida ushbu maktab internatdagi bolalarning taʼlim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yana-da yaxshilash borasida viloyatning mutasaddi idora va tashkilot rahbarlaridan iborat tuzilgan idoralararo ishchi guruhi ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda polkovnik Sh.H.Aliyev eng avvalo, muassasada ko‘zi ojiz bolalarning taʼlim olishlari uchun eng zamonaviy shart-sharoitlarni yaratib berish, bolalarning fan, sanʼat, sport va boshqa yo‘nalishlardagi qiziqishlari va iqtidorini inobatga olgan holda ularni shu soha mutaxassislariga biriktirib qo‘yish va o‘zlarida bo‘lgan isteʼdodlarini yuzaga chiqarishlariga yaqindan ko‘maklashish borasida topshiriqlar berdi.

Shu bilan bir qatorda, idoralararo ishchi guruh aʼzolariga muassasada zarur shart-sharoitlarni yaratib berish, yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita”ning har bir bandida berilgan topshiriqlarni o‘z muddatlarida sifatli bajaralishi bo‘yicha ishlarni yana-da kuchaytirish borasida aniq topshiriqlar berib, ijrosini o‘z nazoratiga oldi.

Text to speech