Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tashkiliy boshqarma va uning quyi tizimlari faoliyati sarhisob qilindi.
2021 yil 6 oktyabr kuni Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi Tashkiliy boshqarma xodimlari, mustaqil boshqarma va xizmat sohalarining ijrochilik intizomiga masʼul bo‘lgan xodimlari hamda hududiy ichki ishlar organlari Tashkiliy bo‘linma (bo‘lim) boshliqlari ishtirokida, ijrochilik intizomiga rioya qilishning ahvoli hamda ish faoliyati davomida yo‘l qo‘yilib kelinayotgan kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Bunda, quyidagi asosiy masalalar:
- Boshqarma xizmat sohalari va hududiy ichki ishlar idoralarida ijrochilik intizomiga rioya qilish, jinoyatchilikni tahlil qilish va ularning hisobini yuritish, maxfiylik tartibotiga rioya qilish borasida yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar hamda tekshiruv guruhlar tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalari;
- Navbatchilik qismi va “102” avtomatlashtirilgan tizim faoliyati bilan bog‘liq muammolar va ularni bartaraf etish choralari borasidagi vazifalar birma-bir muhokama qilindi.
Tanqidiy tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mutasaddi rahbar va masʼul xodimlarga qattiq intizomiy taʼsir choralari qo‘llash yuzasidan qarorlar qabul qilinib, har bir masala bo‘yicha masʼullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.