Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va hududiy ichki ishlar organlarida o‘tkazilgan navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Konstitutsiya huquq va erkinliklarimiz kafolatlari” mavzusida videoselektor tarzida tashkillashtirildi.
Videoselektor tarzida tashkillashtirilgan navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlarining barcha shaxsiy tarkibi, shahar va tumanlar ichki ishlar organlarining barcha shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
“Konstitutsiya huquq va erkinliklarimiz kafolatlari” mavzusi doirasida Buxoro muhandislik texnologiyalari instituti yoshlar masalalari bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Temirov Sheroz To‘rayevich so‘z yuritib, o‘z maʼruzasi bilan shaxsiy tarkibga zaruriy maʼlumotlarni berib o‘tdi.
So‘zga chiqqan maʼruzachi so‘nggi vaqtlarda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklariga davlat ahamiyatiga molik masala sifatida eʼtibor qaratilayotgani, so‘nggi besh yil mobaynida mamlakat ijtimoiy-siyosiy tuzumida yuz bergan o‘zgarishlar, vujudga kelayotgan munosabatlarni tartibga solishning yangi huquqiy asoslari yaratilib, yangi qonunlar qabul qilinayotganligi va bu huquqiy islohotlar izchillik bilan davom etayotganligi, shuningdek, har bir shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish, huquqiy demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirish Konstitutsiyamizning asosiy maqsadi ekanligi, bosh Qomusimiz mustaqil davlatimizning buyuk kelajagi sari intilishidagi huquqiy poydevor ekanligi to‘g‘risida qator maʼlumotlar haqida to‘xtaldi.
Shuningdek, mashg‘ulotning ikkinchi qismida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tashkiliy boshqarma Yuridik taʼminlash bo‘limi maʼsul xodimi tomonidan Prezidentimiz ilgari surgan “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” ezgu tamoyilining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib berildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼul xodimi tomonidan joriy yilning 15 noyabr kunidan 28 noyabr kuniga qadar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzish bilan bog‘lik aniqlangan holatlar o‘qib eshittirilib, viloyat ichki ishlar organlari o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.