29 Mart 2022 yil 409

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va hududiy ichki ishlar organlarida xodimlarni ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq normativ hujjatlar ijrosiga qaratilgan sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Hozirgi kunda barcha sohalarda bo‘lgani singari ichki ishlar organlari tizimida ham izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Soha xodimlarini ijtimoiy himoya qilish yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan “Ichki ishlar organlarida ijtimoiy himoya qilish faoliyatining yagona tartibi to‘g‘risida”gi buyrug‘i tasdiqlanib, joylarga ijroga yuborilgan.

Mazkur buyruq talablari ijrosini taʼminlash maqsadida, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i polkovnik Qodir Batirov boshchiligidagi ishchi guruh shahar-tuman IIBlarida bo‘lib, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan xodimlar va ularning ota-onalari ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazib kelmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad, xodimlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, yashash sharoitini yaxshilash, xizmat uy-joylari ajratish va xususiylashtirish, ijara pulini kompensatsiya qilish, turar-joy sotib olish, shu jumladan, ipoteka krediti asosida qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, qurilish mollari xarid qilish va shu maqsadlarda foizsiz qarz mablag‘lari ajratish, uy-joy maydoni bilan taʼminlashdan iborat.

Bundan tashqari, xodimlarga yengil avtotransport vositalarini sotib olish, tibbiy-sanitariya va sanatoriy-kurort taʼminoti, xodimlarning hayoti va sog‘ligini davlat tomonidan sug‘urta qilish, xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati yetkazilgan xodimlarga yoki halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash shular jumlasidandir.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha ishchi guruh faoliyatini davom ettirmoqda....

Text to speech