Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida "Keksalar haftaligi" tadbirlari amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish-xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan ham tizimda ko‘p yillar samarali xizmat qilgan, hozirda nafaqada, keksalik gashtini surayotgan, shuningdek, nogiron yoki surunkali kasallikka chalingan isteʼfodagi xodimlar holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitlari, mavjud muammolari birma-bir o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan manzilli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu bejizga emas, albatta. Chunki keksa-nuroniylar xonadonimiz ko‘rki, dasturxonimizni esa fayzu-barakotidir. Ularning qilgan xayrli duosi hayotimiz, oilalarimiz, Vatanimiz hamda yo‘limizni nurafshon etib turadi va yaxshi ishlarga undaydi.
Jumladan, bugun Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi masʼul rahbarlari tomonidan uzoq yillar ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati sohasida ishlab, jamiyat rivoji uchun hissa qo‘shgan, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda mardonavor xizmat qilgan, bugun esa keksalik gashtini surayotgan yoshi ulug‘lar faxriy xodimlar xonadoniga borilib ular holidan xabar olindi va ehtirom ko‘rsatilib, dildan suhbatlashildi.Bu kabi ezgu tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida ichki ishlar organlari masʼul rahbarlari tomonidan izchillik bilan davom ettirilmoqda.