Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan barcha shaxsiy tarkib saf ko‘rigidan o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Aziz Ikramov huzurida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar asosida, 23 avgust kuni barcha mustaqil xizmat sohalar, hududiy ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan shaxsiy tarkib bilan “Saf ko‘rigi” o‘tkazilib, xodimlarning jangovar shayligini oshirish maqsadida “saf tayyorgarlik” mashg‘ulotlari ham tashkillashtirildi.
Xodimlarga yaqinlashib kelayotgan davlatimiz mustaqilligining 30 yillik bayramini munosib kutib olish, bayram tadbirlari doirasi nazarda tutilgan keng qamrovli tadbirlar jarayonida o‘z xizmat vazifalariga sidqi dildan yondashib, formali kiyimboshlarini toza-ozoda va belgilab berilgan tartib bo‘yicha kiyib yurishlari, xizmat davomida fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish, xizmat intizomi va qonun talablariga qat‘iy rioya qilishlari tushuntirildi.