Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan keng qamrovli madaniy ommaviy tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi topshirigʻiga asosan va 11-noyabr –“Kasaba uyushmalari kuni” bayramini koʻtarinki ruhda nishonlash maqsadida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasining “Yangi Oʻzbekiston-yangi kasaba uyushmalari” - degan gʻoya ostida hamda “Xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va mehnatni muhofaza qilish haftaligi doirasida” madaniy-ommaviy tadbirlar oʻteazildi.
Jumladan, viloyat IIB xodimlari birlashgan Kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan “Kasaba uyushmalari kuni” ga bagʻishlab, 2021-yil 6-noyabr kuni “Boqiy Buxoro” majmuasida joylashgan viloyat musiqali drama teatrida toʻplangan ichki ishlar organlari xodimlariga Nabi Hoshimovning “Razolat qurbonlari” asari asosida tayyorlangan spektakl namoyish etildi.
Shuningdek, Buxoro estradasining yorqin yulduzlari tomonidan dalnavoz qoʻshiqlar yangradi.
Bugungi konsert tadbirlari ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarida katta taassurot qoldirdi.