11 Noyabr 2021 yil 265

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining tashabbusi bilan boshlang‘ich kasaba uyushma jamoalari o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston-yangi kasaba uyushmalari” - degan g‘oya ostida sport musobaqalari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbarining 2021 yil 15 oktyabrdagi topshirig‘i va O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 20 oktyabr kunidagi ko‘rsatmasi hamda 10 noyabr –“Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining tashabbusi bilan 10 noyabr kuni IIV Buxoro Akademik litseyi sport majmuasida boshlang‘ich kasaba uyushma jamoalari o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston-yangi kasaba uyushmalari” - degan g‘oya ostida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Sportning besh turi (shaxmat, shashka, stol tennisi, armrestling va darts) bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda Birlashgan kasaba uyushmasining 14 ta boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlaridan 100 ga yaqin xodimlar o‘zaro bellashdilar.

Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan o‘yinlarda umum jamoa hisobida IIV jazoni ijro etish departamenti 6 mintaqasi 20-sonli Jazoni ijro etish muassasasi jamoasi faxrli birinchi, 4-son Tergov hibsxonasi va Qorako‘l tuman IIB jamoalari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladilar.

Sportning shashka turi bo‘yicha 20-son JIEM jamoasi vakili Salim Amonov birinchi, Tibbiyot bo‘limi jamoasi vakili Nasriyev Xurshid ikkinchi va 17-son JIEM jamoasi vakili Rajabov Azim uchinchi o‘rinni egallashdi.

Sportning shaxmat turi bo‘yicha IIV Buxoro akademik litseyi vakili Yaxyayeva Nigina birinchi, viloyat IIB jamoasi vakili Mustafoyev Aʼzam ikkinchi va Qorako‘l tumani IIB jamoasi vakili Ashurov Tuyg‘un uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Sportning darts turi bo‘yicha Kogon tuman IIB jamoasi vakili Umarov Shaxzod birinchi, 20-son JIEM jamoasi vakili Ramazonov Jasur ikkinchi va Qorako‘l tumani IIB jamoasi vakili Tangriyev Shuxrat uchinchi o‘rin sohibi bo‘lishdi.

Armrestlingda kuch sinashgan jamoalar vakillari orasida Buxoro tuman IIB jamoasi vakili Safarov Firdavs birinchi, 4-son tergov hibsxonasi jamoasi vakili Cho‘liyev Dilshod ikkinchi va Qorako‘l tumani IIB jamoasi vakili Yusupov Latif uchinchi o‘rinni zabt etdilar.

Stol tennisida ham g‘olib jamoalar vakillari aniqlanib, yakuniy natijaga ko‘ra 1-son JIEM jamoasi vakili Obidov Murtazo birinchi, 20-son JIEM jamoasi vakili Xusniddinov Husniddin ikkinchi va 4-son tergov hibsxonasi jamoasi vakili Salimov Mirshod uchinchi o‘rinni egalladilar.

Musobaqa g‘oliblari va g‘olib jamoalarga Birlashgan kasaba uyushmasining diplom va qimmatbaxo sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Ushbu o‘tkazilgan sport musobaqalari birlashgan kasaba uyushma aʼzolari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni kundalik turmush tarziga aylantirish, sport orqali salomatlikni tiklash, xodimlarni sportning ommaviy turlariga qiziqtirish orqali mehnat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Text to speech