6 Yanvar 2023 yil 3530

Buxoro viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida mavjud bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlariga tanlov e’lon qiladi

ESLATMA: Tanlovda Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan, “V,S” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, bo‘yi 175 smdan past bo‘lmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan erkak nomzodlar, ma’lumoti bo‘yicha oliy ma’lumotli (yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatasiyasi ta’lim yo‘nalishi, avtomobillar va avtomobil xo‘jaligi mutaxassisligi, avtomobil yo‘llari va aerodromlar ta’lim yo‘nalishi, avtomobil transporti, yo‘l qurilish mashinalari va jihozlarining ekspluatasiyasi ta’lim yo‘nalishi, transport inshootlarining ekspluatasiyasi ta’lim yo‘nalishi, kasbiy ta’lim-avtomobil va aerodromlar, kasbiy ta’lim-transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash ta’lim yo‘nalishi,  transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash ta’lim yo‘nalishi, tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi ta’lim yo‘nalishi, huquqiy ta’lim sohasi) yo‘nalishlarida tamomlagan yoki hozirda sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha boshqa mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan bo‘lsada, ammo o‘rta-maxsus ma’lumoti bo‘yicha (yer usti transport tizimlari, transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish texnigi, avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashish texnigi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda huquqiy ta’lim sohasi mutaxassisligi bo‘yicha) tamomlagan nomzodlar hamda mutaxassisligi to‘g‘ri keladigan profilaktika inspektorining yordamchilari ishtirok etishlari mumkin.

Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi:

  • Biometrik  pasport yoki ID-kartasi,
  • 3x4 o‘lchamdagi 2 ta rangli fotosur’at,
  • harbiy guvohnoma asl nusxasi,
  • diplom va ilovasi hamda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotganligi to‘g‘risidagi oliy ta’lim muassasasining ma’lumotnomasi,
  • doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida 086-ma’lumotnoma (bo‘y parametri ko‘rsatilgan holda);
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining bo‘sh bo‘lgan ofitserlik hamda safdorlik lavozimlariga ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar 2023-yilning 9-yanvar kunidan 16-yanvar kuniga qadar har kuni soat 09:00dan 18:00 gacha Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari so‘raladi.

2023-yilning 9-yanvar kunidan oldin va 16-yanvar kunidan keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.
 
Manzil: Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi 10-uy,
Mo‘ljal: Buxoro ARK qo‘rg‘oni majmuasi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar:
(65) 220-41-06

Telegramm kanali: BUXORO IIB – dan axborot olib borishingiz mumkin

Text to speech