24 Noyabr 2021 yil 1296

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining safdorlik lavozimlariga (mobil qurilmalardan foydalanish guruhi haydovchi operatori) tanlov eʼlon qilinadi

Eslatma: Tanlovda oliy taʼlim muassasalarini kompyuter texnologiyalari va informatika taʼlim sohasi, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohasi, axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishini tamomlagan, “B,S” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan (shu jumladan o‘ttiz yoshdagilar ham), bo‘yi 175 sm.dan past bo‘lmagan, muddatli harbiy yoki safarbarlik chaqiruvi rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan (oliy o‘quv yurtida harbiy tayyorgarlikdan o‘tganlar bundan mustasno), Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan erkak nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi:

- fuqarolik pasporti asl nusxasi;

- harbiy guvohnoma asl nusxasi;

- bakalavr diplomi asl nusxasi;

- haydovchilik guvohnomasi asl nusxasi;

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlariga ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar 2021 yilning 25 noyabr kunidan 29 noyabr kuniga qadar Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari mumkin.

2021 yilning 25 noyabr – 29 noyabr kunlaridan oldin yoki keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.

Manzil: Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi 10-uy,

Mo‘ljal: Buxoro ARK qo‘rg‘oni majmuasi.

Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefonlar:

+998-99-350-70-25; (65) 220-41-12.

Text to speech