8 Yanvar 2022 yil 578

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida hafta yakunlari hamda kunlik xizmatni tashkil etish yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalari muhokama qilindi.

Bugun, joriy yilning 8 yanvar kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik Erkin Safarov boshchiligida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, mustaqil boshqarma va sohaviy xizmat rahbarlari, viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan hududlarga biriktirilgan masʼullar, shahar va tuman IIB masʼul rahbarlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda:

  • Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida ijrochilik intizomi;

  • Shahar va tumanlarda "Xavfsiz hudud" hamda "Xavfsiz tun" keng qamrovli profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi va bunda yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar;

  • Hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, ochilmasdan qolayotgan jinoyatlarni fosh etish va qidiruvdagi jinoyatchilarni ushlash borasidagi ish samaradorligini oshirish;

  • Shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash borasidagi dolzarb masalalar tanqidiy muhokama qilindi.

Har bir ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglanib, tekshiruv natijalari va yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar, ularni bartaraf etish borasida kelgusidagi chora-tadbirlar belgilab olinib, viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan shahar va tumanlarga biriktirilgan kuratorlarga manzilli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, masʼul rahbarlarning javobgarligi kuchaytirildi.

Text to speech