11 Avgust 2021 yil 493

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida mahallalar hududida sodir etilgan jinoyatlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Joriy yilning 11 avgust kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshlig‘ining 1-o‘rinbosari podpolkovnik Mansur Qodirov va viloyat prokurorining o‘rinbosari Bobir Kamolovlar ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Bunda, 2021 yilning 7 oyi yakuni bilan viloyat hududidagi 544 ta mahallalardan “qizil” toifaga kirgan 128 ta mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan profilaktik tadbirlarning natijalari, yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar, hamkor idoralar bilan birgalikda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.
Videoselektor yig‘ilishida viloyat studiyasidan Ichki ishlar boshqarmasi xizmat soha rahbarlari, viloyat prokuraturasi, Milliy gvardiya hamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash viloyat boshqarmalari mas’ul xodimlari, tuman studiyalaridan esa hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning tegishli o‘rinbosarlari va soxaviy xizmat rahbarlari, profilaktika (katta) inspektorlari, tuman (shahar) prokurorlarining sohaviy o‘rinbosarlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘lim boshliqlari, Milliy gvardiya mas’ul xodimlari qatnashdilar.
Tanqidiy tarzda o‘tgan yig‘ilishda hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari va mahallalarga biriktirilgan xodimlarning hisobotlari tinglanib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mutasaddli rahbarlar va qizil toifaga kirgan mahallalarga biriktirilgan mas’ullar qattiq ogohlantirildi.
Qizil toifaga kirgan mahallardagi kriminogen vaziyatni o‘nglash yuzasidan hamkor idoralar bilan birgalikda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijroga qaratish bo‘yicha kelishib olindi.
Yig‘ilish yakunida sohaviy xizmat rahbarlari, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, prokuratura, milliy gvardiya hamda mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash hududiy bo‘limlari, shuningdek qizil toifaga kirgan mahallalarga biriktirilgan mas’ul xodimlarga alohida topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech