25 Sentyabr 2021 yil 446

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida o‘tkazilgan navbatdagi maʼrifat darsi “1-oktyabr-Ustoz va murabbiylar kuni” ga bag‘ishlandi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida o‘tkazilgan bugungi maʼrifat darsi “Mehr nuri yog‘ar doim ko‘zingizdan, ustozlar” mavzusida bo‘ldi.

Mashg‘ulotda Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi mutaxassisi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining maslahatchisi isteʼfodagi polkovnik Sharipov Hayot Muzaffarovich hamda ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali mehnat qilib, hozirda nafaqa gashtini surayotgan faxriy xodimlar ishtirok etib, o‘zlarining maʼruzalari, hayotlari va xizmat davrida orttirgan boy amaliy tajribalari, o‘gitlarini shaxsiy tarkibga bildirib o‘tdilar.

O‘quv mashg‘uloti jarayonida, so‘zga chiqqanlar dastlab ustoz degan sharafli nomni ulug‘lab kelayotgan ichki ishlar organlari xodimlarini umumxalq bayrami – Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklab, ustoz va murabbiylarning mashaqqatli, ayni vaqtda olijanob faoliyatini yuksak darajada qadrlab taklif etilganliklari uchun minnatdorchilik izhor etishdi.

Bundan tashqari, faxriylar tomonidan xodimlarning xizmat olib borishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratilganligi, buning qadriga yetib, vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish lozimligi to‘g‘risida o‘zlarining pandnoma va purmaʼno fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Qolaversa, hozirgi kunda IIVning tegishli buyruq hamda ko‘rsatmalari asosida, “Keksalar haftaligi” va

“25 oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan “Fidoyi faxriylar” nomli kitob nashrga tayyorlanayotganligini taʼkidlab, bu esa o‘z navbatida yurtimizda ustoz va murabbiylarga ko‘rsatilayotgan yuksak eʼtibor namunasi ekanligini taʼkidladilar.

Text to speech