9 Oktyabr 2021 yil 501

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida o‘tkazilgan navbatdagi maʼrifat darsi “Qo‘shning tinch-sen tinch” mavzusida bo‘ldi.

Bugungi maʼrifat darsi “Qo‘shning tinch-sen tinch” (Afg‘onistondagi siyosiy o‘zgarishlar misolida) mavzusiga ga bag‘ishlanib, mavzu yuzasidan Buxoro muhandislik texnologiyalar instituti katta o‘qituvchisi, Temirov Sheroz To‘rayevich maʼruza qilib, shaxsiy tarkibga batafsil maʼlumot berdi.

Maʼruzachi mamlakatimiz qo‘shni Afg‘oniston bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirib kelayotganligi, afg‘on xalqiga har doim yordam qo‘lini cho‘zganligi, qolaversa mamlakatimiz Mozori Sharifga temir yo‘l yotqizish, qo‘shni davlat shimolini elektrlashtirish kabi loyihalarni amalga oshirib kelayotganligi, hozirgi murakkab va qiyin vaziyatda ham jahonda birinchilardan bo‘lib insonparvarlik yordamini yuborganligini maʼlum qildi.

Taʼkidlash joiz, mamlakatimiz qo‘shni Afg‘on yurtida tinchlik va barqarorlikni taʼminlash yo‘lida ko‘plab eʼtiborga molik saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan yirik xalqaro tashkilotlar yig‘ilishlarida, nufuzli minbarlardan turib, aniq takliflar ilgari surib kelinmoqda.

Bularning barchasi Afg‘oniston va mintaqa osoyishtaligiga hamda farovonligiga xizmat qilmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mashg‘ulot yakunida O‘zbekiston Respublikasi IIV SHXBB Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼul xodimi tomonidan shaxsiy tarkib tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzish va boshqa salbiy holatlar xususida maʼlumotlar berib, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida har bir rahbar va uning qo‘l ostidagi shaxsiy tarkib birdek javobgar ekanligi taʼkidlandi.

Text to speech