8 Yanvar 2022 yil 470

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida oʻtkazilgan navbatdagi maʼrifat darsi “Taraqqiyot strategiyasi-demokratik islohotlar asosi “ mavzusida boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV ning 2021-yil 21-oktyabr kunidagi “Ichki ishlar organlari maʼnaviy-maʼrifiy ishlar xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 400 sonli buyrugʻi talablari asosida 2022-yilning 8-yanvar kuni Viloyat ichki ishlar organlarining apparat xodimlari hamda shahar tuman IIO FMB, IIBlari shaxsiy tarkibi bilan Maʼnaviyat va maʼrifat darsi oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Oʻquv mashgʻulot yuzasidan Buxoro Davlat Universitetining Milliy gʻoya maʼnaviyat asoslari va xuquq taʼlim kafedrasi oʻqituvchisi Sobirov Umid Baxtiyorovich “Taraqqiyot strategiyasi-demokratik islohotlar asosi “ mavzusi boʻyicha maʼruza qildi.

Shu bilan birga oʻquv mashgʻuloti davomida Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan 2021-yil davomida ichki ishlar organlarida amalga oshirilgan islohotlar sarhisobi boʻyicha rolik hamda IIV Ashula va raqs ansambli tomonidan tayorlangan “Avval Vatan keyin jon” nomli videoklipi shaxsiy tarkib eʼtiboriga namoyish etildi.

Oʻquv mashgʻuloti davomida Oʻzbekiston Respublikaasi IIVning buyrugʻi bilan berilgan ikki nafar xodimlarga navbatdagi “podpolkovnik “ maxsus unvoni tantanali ravishda berildi.

Shu bilan birgalikda 2021-yil davomida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib jinoyatchilikning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni xizmat itlari ishtirokida ochish borasida jonbozlik koʻrsatib shaxsiy namuna boʻlib kelayotgan PPX va JTSB Kinologiya xizmati bir guruh xodimlari pul mukofoti hamda tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

Text to speech