Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 11 dekabr kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi katta majlislar zalida, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, Ichki ishlar bo‘lim va bo‘linma boshliqlari va masʼul xodimlar ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev olib borib, quyidagi masalalar,
- viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda hududiy ichki ishlar organlarida qoldiqda qolayotgan jinoyat ishlari va tergovga qadar tekshiruv materiallarini sifatli tekshirish, qisqa muddatlarda yakunlab qonuniy qaror qabul qilish, jinoyat ishlari va tergovga qadar tekshiruv materiallarini yildan yilga o‘tkazilishini oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar;
- Hududiy ichki ishlar organlarining Navbatchilik qismlarida yuritilayotgan Shakl-1 kitobi va Shakl-2 jurnaliga qayd qilingan ariza va xabarlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqib qonuniy hal etish;
- “Yangi yil archasi” bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida ichki ishlar organlarining oldida turgan vazifalar, normativ hujjatlarda belgilab berilgan topshiriqlarning ijrosi muhokama qilindi.
Ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan shahar va tumanlarga viloyat ichki ishlar boshqarmasidan masʼul etib biriktirilgan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, Jinoyat qidiruv, Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Jamoat tartibini saqlash va Tashkiliy boshqarmalari rahbarlari, shahar va tumanlar ichki ishlar organlarining boshliqlari va tegishli sohaviy xizmatlar masʼullariga aniq va manzilli topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Yig‘ilish yakunida boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan barcha sohaviy xizmatlar, hududiy ichki ishlar organlari rahbar va masʼul xodimlari qattiq ogohlantirilib, ijrochilik intizomiga qatʼiy rioya qilishlari, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasidagi tezkor, profilaktik va tashkiliy tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va samarali tashkil etishlari lozimligi, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tashabbus ko‘rsatib, qo‘l ostidagi xodimlarga shaxsiy namuna bo‘lgan holda xizmatni tashkil etishlari taʼkidlandi.