3 Yanvar 2022 yil 675

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Bugun, joriy yilning 3 yanvar Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik Erkin Safarov boshchiligida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, mustaqil boshqarma va sohaviy xizmat rahbarlari, viloyat Ichki ishlar boshqarmasining barcha shaxsiy tarkibi, shahar va tuman IIB masʼul rahbarlari boshchiligida barcha shaxsiy tarkib ishtirok etdi

Yig‘ilishda quyidagi 3 asosiy masala:

- Hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, ochilmasdan qolayotgan jinoyatlarni fosh etish va qidiruvdagi jinoyatchilarni ushlash borasidagi ish samaradorligini oshirish;

- Shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash;

- Ichki ishlar organlarida ijrochilik intizomi va ushbu yo‘nalishda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Har bir ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglanib, kelgusidagi chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi va masʼul rahbarlarga, viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan shahar va tumanlarga biriktirilgan kuratorlarga manzilli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib ijrosi alohida nazoratga olindi

Text to speech