Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Yangi Oʼzbekiston Yangi Ichki ishlar organlari” shiori, “Maʼnaviyat va bilim – inson qadri himoyachisining yashirin quroli” mavzusida seminar-trening boʼlib oʼtdi...
Bugun, joriy yilning 16 mart kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi katta majlislar zalida boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekiston-yangi ichki ishlar organlari” shiori, “Maʼnaviyat va bilim – inson qadri himoyachisining yashirin quroli” mavzusida Motivatsion seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, xizmat soha rahbarlari, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning jamoat xavfsizligi va maʼnaviy maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, 3-sektorlar kotiblari, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linma (bo‘lim) boshliqlari, Voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish guruhi katta inspektorlari, Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar ishtirok etdilar.
Seminar treningda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Mahallalarda yoshlar yetakchilari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i – Sherzod Olimov o‘zining taʼsirchan va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan maʼruzasi bilan qatnashib, shaxsiy tarkibga maʼnaviy ozuqa ulashdi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy, taʼlim-tarbiya hamda kadrlar bilan taʼminlash sohasidagi ishlarni 2022 yilda jadal rivojlantirishga oid manzilli chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 34-sonli buyrug‘i hamda “Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy, taʼlim-tarbiya hamda kadrlar bilan taʼminlash sohasidagi ishlarni 2022 yilda jadal rivojlantirishga oid vazifalar Strategiyasi” to‘g‘risida batafsil tushunchalar berdi.
Shuningdek mahallalarda yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini hal etish, "Yoshlar daftari" ga kiritilgan yoshlarni ro‘yxatdan chiqarish tartibi, bunda sektor rahbarlari va mahallalarga biriktirilgan yoshlar yetkachilari bilan hamkorlikda ishlashning mexanizmlari, "Yoshlar balansi" va uni shakllantirish tartiblari xuchusida mavjud nomativ hujjatlarning va ularning ijrosi yuzasidan ham tushunchalar berib ztdi.
Bundan tashqari seminar-trening davomida ishtirokchilar orasidan tanlab olingan guruhlar o‘rtasida mantiqiy va tezkor savol-javoblar o‘tkazib, xodimlarning maʼnaviy maʼrifiy bilimi, dunyoqarashi va tez fikrlashi sinovdan o‘tkazildi.
Qamrovi keng seminar-treningda ishtirokchilar eʼtiboriga ezgulik, yaxshilik, insonni yangi g‘oyalar yaratishga undovchi Motivatsion videoroliklar havola qilindi. Namoyish etilgan videoroliklarda keltirilgan g‘oya va fikrlarga atroflicha sharhlar berilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar ham berildi.
Seminar -trening yakunida faol ishtirok etgan, tezkor savollarga tezkor javoblar bergan shahar-tuman ichki ishlar organlari xodimlariga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.
Mazkur tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Avazbek Inomov tizimda xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, xodimlar bilan bog‘liq korrupsion holatlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan hamda 2022 yil davomida “Strategiya” talablari asosida xodimlarga ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy himoya tizimini ham sharhlab berdi.