10 Noyabr 2021 yil 333

Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlashga oid muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Joriy yilning 10 noyabr kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi katta majlislar zalida boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev boshchiligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, mustaqil boshqarma, bo‘lim, sohaviy xizmat boshliqlari, shahar-tuman IIB (IIO FMB) boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari hamda barcha shaxsiy tarkib ishtirok etgan muhokama yig‘ilishida quyidagi asosiy masalalar ko‘rib chiqildi, jumladan:

- xizmatni o‘tash jarayonida yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli xato va kamchiliklar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ahvoli;

- huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida yo‘l qo‘yib kelinayotgan kamchiliklar;

- shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash borasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilab berilgan vazifalar birma-bir muhokama qilindi.

Videoselektor yig‘ilishi tanqidiy ruhda o‘tkazilib, har bir masala yuzasidan maʼruzachilarning tahliliy maʼlumotlari, shuningdek, ayrim ish ko‘rsatgichlari past, bugungi kun talabiga javob bera olmayotgan, o‘zining ustida ishlab hamkasblari va qo‘l ostidagilarga o‘rnak bo‘la olmayotgan, xizmat intizomini buzgan qator xodim va masʼul rahbarlarga nisbatan keskin intizomiy taʼsir choralari qo‘llanildi.

Shuningdek, joriy yilning 10 oyi davomida hamkasblariga har tomonlama o‘rnak ko‘rsatib, yuqori ish ko‘rsatgichlariga ega bo‘lgan xodimlarni rag‘batlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Yig‘ilish yakunida boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, barcha sohaviy xizmatlar, hududiy ichki ishlar organlari rahbar va masʼul xodimlarini qattiq ogohlantirib, ijrochilik intizomiga qatʼiy rioya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasidagi tezkor, profilaktik va tashkiliy tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Bunda, eng avvalo, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, xodimlarni tarbiyalash, o‘qitish, kasbiy va jangovar shayligini oshirish, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burch” degan g‘oyani xodimlar ongiga singdirish, har bir xodimning kundalik ish faoliyati ustidan idoraviy nazoratni kuchaytirish orqali ish samaradorligini oshirish, har bir rahbar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tashabbus ko‘rsatib, qo‘l ostidagi xodimlarga shaxsiy namuna ko‘rsatgan holda xizmatni tashkil etishlari zarurligi taʼkidlandi.

Text to speech