26 Noyabr 2021 yil 480

Buxoro viloyati Ichki ishlar organlarida har haftaning juma kunlari “Vatanparvarlik kuni” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 21 oktyabr kunidagi “Ichki ishlar organlari maʼnaviy-maʼrifiy ishlar xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 400-sonli buyrug‘i talablari asosida har haftaning juma kuni “Vatanparvarlik kuni” tadbirlarini tashkil etish hamda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ichki ishlar organlari faoliyatiga qiziqtirish maqsadida keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilishi belgilab berilgan.

Shu maqsadda, joriy yilning 26 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Buxoro Akademik litseyi o‘quvchilari bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchi yoshlarga Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi faoliyati bilan bog‘liq maʼlumotlar berilib, o‘quvchilarni qiziqtirgan barcha savollar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Text to speech