1 Aprel 2022 yil 683

Buxoro viloyati Ichki ishlar va soliq boshqarmalari boshliqlari birgalikda Kogon shahar 3-sektoriga qarashli mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilarining dastlabki ish natijalarini muhokama qildilar.

Bugun, joriy yilning 1 aprel kuni viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev va Soliq boshqarmasi boshligi Maqsud Mamatxanov Kogon shahar 3-sektori ishchi guruhi, sektorga qarashli mahallalarda xizmat faoliyatini olib borayotgan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan yuzma-yuz uchrashib ularning dastlabki ish natijalarini muhokama qildi.

Muhokamada shahar 3-sektori ishchi guruhi, mahalla mutasaddilari, joylarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilarining ish natijalarini birma-bir tahlil asosida ko‘rib chiqib, o‘zlarining eʼtirozlarini bildirdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan muhokamada faoliyati boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilariga prezidentimiz tomonidan bildirilayotgan yuksak ishonch, ular zimmalaridagi mas‘uliyat, oldinda turgan dolzarb vazifalar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lami hamda samaradorlik ko‘rsatgichlari va prognozlari bo‘yicha o‘zining taklif va mulohazalarini bildirdi.

Shu o‘rinda hokim yordamchilari va yoshlar etakchilari ham o‘zlari faoliyat olib borayotgan mahallasida mavjud viloyat hamda respublika darajasida hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni o‘rtaga tashladilar.

Mas'ullar aniqlangan muammolar yuzasidan chora tadbirlar belgilab oldilar.

Text to speech