14 Dekabr 2022 yil 573

Buxoro viloyati IIB ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun tadbirkorlik subyektlarini tanlash yuzasidan tanlov muddati uzaytirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining turar joy maishiy sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tegishli qaroriga muvofiq hamda Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida uzoq muddatli ipoteka kreditlari orqali, investorlarni uy-joy qurilishi sohasiga keng jalb etish maqsadida Buxoro viloyati IIB 2022-2023 yillarda ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun tadbirkorlik subyektlarini tanlash yuzasidan tanlov o‘tkazilishini eʼlon qiladi.

Ko‘p qavatli uy-joylarni qurishni moliyalashtirish manbasi: Tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘lari, tijorat banklaridan olingan kreditlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

  1. Tanlov ishtirokchilari quyida sanab o‘tiladigan har bir tanlov paketlari uchun muhrlangan tanlov takliflarini taqdim etishlari shart.

  2. Tanlov ishtirokchilari qo‘shimcha maʼlumot olish va tanlov hujjatlari bilan tanishish uchun Buxoro viloyati IIB ga murojaat qilishlari mumkin:

  3. Tanlov takliflari quyidagi tartibda taqdim etilishi lozim:

- Tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan tartibda taklif kafolati sifatida deklaratsiya taqdim etish;

- Ko‘p xonadonli uy-joylarni tasdiqlangan loyiha va bosh rejasi asosida, texnik tavsifi va loyiha eskizi;

- Ko‘p xonadonli uy-joyni o‘z mablag‘lari hisobidan qurish uchun yetarli mablag‘i mavjudligi to‘g‘risida maʼlumotnoma.

  1. Tanlov takliflarining ochilishi takliflarni taqdim etishning oxirgi kunida 21 dekabr 2022 y soat 17:00 da tanlovda qatnashish istagini bildirgan barcha ishtirokchilar ishtirokida quyida keltirilgan manzilda o‘tkaziladi:

  2. Tanlovlarda qatnashish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari quyidagi talablar qo‘yilgan:

Tanlov shartlariga ko‘p qavatli uy-joylar qurilishiga “SS” va undan yuqori reyting bahosiga ega bo‘lgan qurilish tashkilotlari jalb qilinishi qatʼiy belgilangan.

Ko‘p qavatli qurilishi rejalashtirilgan uylar soni: 1 dona (uch podyezdli, 7 qavatli, 54 xonadonli, 1-qavati va yerto‘lasi savdo maishiy)

Xonadon bir kvadrat metrining 1m2 boshlang‘ich bahosi 4 500 000 (turt million besh yuz ming) so‘mdan, tanlov boshlang‘ich narxni pasaytirish yo‘li orqali o‘tkaziladi .

  1. Profilaktika xizmat xonasi binosini investorga beg‘araz berish va snos qilish evaziga - 3 podyezdli uy-joyning birinchi qavati (noturar)dan 200 m2 profilaktika inspektori va MFY uchun IIB ixtiyoriga beg‘araz o‘tkazadi, qolgan qismi va yerto‘lasi investor ixtiyoriga qoladi.

7.Ko‘p qavatli uy-joylarni qurish istagini bildirgan investorlar barcha zaruriy loyiha oldi hujjatlari (APZ, geologiya, ekologiya xulosasi, loyiha smeta hujjatlari, davlat ekspertiza xulosasi, qurilish nazorat inspeksiyasi ruxsati va nazorati, mualliflik nazorati, texnik nazorat) ni rasmiylashtiradi va uz mablag‘lari hisobidan moliyalashtiradi.

Obyektni ko‘rish manzili Buxoro shahar Vobkent ko‘chasi 41-uy topshirish muddati shartnoma imzolangan kundan 18 oy.

  1. Ko‘p qavatli uy-joylarni qurish istagini bildirgan investorlar qurilishi rejalashtirilgan uy-joylarni 50 foizini imtiyozli narxlarda Ichki ishlar organi xodimlariga qurib topshiradi, qolgan 50 foizi bozor konyukturasidan kelib chiqqan holda o‘z ixtiyorida qoldiradi yoki sotadi.

  2. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan investorlar loyiha smeta hujjatlari bilan tanishish va ularni olish uchun Buxoro viloyat IIB M va MTTBga murojaat qilishlari mumkin.

  3. Ko‘p qavatli uy-joylarni qurish istagini bildirgan investorlar 1-2-paket hujjatlari:

(1-paket:korxona to‘g‘risida umumiy maʼlumot, ishchi xizmatchilar soni, mashina va mexanizmlar ro‘yxati, aylanma mablag‘lari to‘g‘risida bank maʼlumotnomasi va 1%lik va 20 %lik bank kafolati, ro‘yxat bo‘yicha DSIdan qarzi bor-yo‘qligi to‘g‘risida maʼlumotnoma);

(2-paket: Oferta);

 Manzil: Buxoro shahri, B.Naqshband ko‘chasi, 10-uy

Telefon/faks: (65) 220-41-72, (65) 220-41-70

Text to speech