15 Noyabr 2021 yil 825

Buxoro viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kunduzgi taʼlim shakli hamda xorijiy davlatlar taʼlim muassasalariga 2022/2023 o‘quv yili uchun o‘qishga qabul qilishga nomzodlar tanlovi boshlanganligini maʼlum qiladi.

Nomzodlarning o‘qishga kirish uchun arizalari 2022 yilning 15 fevral kuniga qadar qabul qilinadi.

IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim shakli hamda xorijiy davlatlar taʼlim muassasalariga;

17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan, Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan, IIV Akademik litseyi bitiruvchilari, harbiy Akademik litsey bitiruvchilari, ichki ishlar organlari xodimlari, shuningdek profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari ishtirok etishlari mumkin.

O‘qishga bo‘yi yigitlar uchun 165 sm dan past bo‘lmagan, qizlar uchun 160 sm dan past bo‘lmagan nomzodlar qabul qilinadi. O‘qish muddati 3 yil.

Xorijiy davlatlar taʼlim muassasalariga faqat rus tilida yozib erkin so‘zlasha oladigan yigitlar (IIV Akademik litseyi bitiruvchilari, harbiy Akademik litsey bitiruvchilari, IIO xodimlari, shuningdek profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari) ishtirok etishlari mumkin;

ESLATMA: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim shakli hamda xorijiy davlatlar taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar Buxoro viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatiga murojaat qilishlari so‘raladi.

2022 yilning 15 fevral kunidan keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi!

Manzil: Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi 10-uy.

Mo‘ljal: Buxoro ARK qo‘rg‘oni majmuasi.

Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefonlar:

(65) 220-41-12

Text to speech