Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
Bugun, 23-aprel kuni viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilib, unda Buxoro davlat universitetining psixologiya va xorijiy tillar yo‘nalishi talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirning avvalida Prezidentimizning sohaga oid qarorlari, famonlari, sohadagi yangiliklar, kutilayotgan o‘zgarishlar, shuningdek, faoliyatni tartibga soluvchi yangi normativ-huquqiy hujjatlar, qarorlar loyihalarining sharhi, mazmun-mohiyati bo‘yicha keng ma’lumotlar berildi.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, yoshlarni boshqarmada yaratilgan imkoniyatlar, viloyatimizga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar, sohadagi yutuqlar bilan yaqindan tanishtirish hamda kelajakda sohaga xorijiy tillarni mukammal biladigan kadrlarni tanlov asosida jalb etishdan iborat.
Tadbir davomida pedagog va oliygoh talabalariga xodimlarning xizmat faoliyatida foydalanib kelayotgan texnika vositalari, ximat xonalari hamda viloyatimizning Tarixiy qismida xizmat olib borayotgan xodimlarning ish jarayonini tanishish maqsadida kichik sayohat uyushtirildi.
Tashrif ishtirokchilarda yuqori qiziqish uyg‘otdi. Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar berildi.