23 Fevral 2022 yil 767

Buxoro viloyati Patrul-post xizmati batalyoni shaxsiy tarkibi va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining topshirig‘iga asosan, joriy yilning 23 fevral kuni Buxoro viloyati PPX va JTSB Patrul-post xizmati batalyonida xizmat olib borayotgan xodimlar va ularning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Qodir Batirov, O‘zbekiston Respublikasi IIV SHXBB Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Farrux Yusupov hamda PPX va JTSB boshlig‘i podpolkovnik Azim Bozorovlar tomonidan o‘tkazildi.

Xodimlar va ularning yaqin qarindoshlari bilan o‘tkazilgan yuzma-yuz muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlariga asosan Ichki ishlar organlari xodimlariga yaratib berilgan imkoniyatlar, xizmat va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar birma-bir tushuntirib berildi.

Amalga oshirilayotgan ishlarga qaramasdan o‘z xizmat vazifalarini bajarishda masʼuliyatsizlik bilan yondashib, rahbariyat tomonidan berilgan tanbeh va ogohlantirishlardan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, xizmat intizomi va qonunchilik buzilishi hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ygan viloyat ichki ishlar xodimlarining hatti-harakatlari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, viloyatimizda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda o‘zining namunali va sadoqatli xizmati bilan safdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 15 nafar xodimlarning ota-onalariga Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining “Minnatdorchilik” xatlari tantanali ravishda topshirildi.

Bu kabi maʼnaviy tarbiyaviy xususiyatga ega bo‘lgan yig‘ilishlar, kelgusida yosh xodimlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga, ularning turmush sharoitini yana-da yaxshilash borasidagi chora-tadbirlarni belgilashda, bu jarayonda xodimlarning ota-onalari va boshqa yaqin qarindoshlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga zamin yaratadi.

Text to speech