27 Mart 2022 yil 452

Buxoro viloyati prokurori hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i shahardagi bozor va savdo komplekslarida tashkil etilgan oziq-ovqat maxsulotlari yarmarkalaridagi ahvolni o‘rgandilar.

Xabaringiz bor, Buxoro viloyatining barcha hududlaridagi bozorlar, savdo komplekslari hamda mahallalarda aholiga yana-da qulaylik yaratish, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining sunʼiy ravishda oshib ketishini oldini olish, fuqarolarimizning asosiy turdagi maxsulotlarga bo‘lgan ehtiyoji va talablarini inobatga olgan holda arzonlashtirilgan oziq-ovqat maxsulotlarining savdo yarmarkalari tashkil etilgan.

Bugun, viloyat prokurori Maxmud Istamov va Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Aliyev birgalikda Buxoro shahridagi To‘qimachi dehqon bozori hamda Buxoro savdo majmuasida tashkil etilgan savdo yarmarkasiga borib, sotuvga chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va narxlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mutasaddilar oziq-ovqat maxsulotlarining tanqisligini oldini olish, narx-navolarni meʼyorida saqlash, narxlarning sunʼiy ravishda oshib ketishini oldini olish, bozordagi tozalik, sanitariya holati, hududdagi avtoturargohlar faoliyatini yaxshilash borasida masʼullarga manzilli topshiriqlar berdilar.

Text to speech