Buxoro viloyatida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan tadbirlar davom etmoqda.
Viloyat IIB PPXvaJTSB hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Jondor, Peshkoʻ tumanlari va Buxoro shahrida oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida bir qator qoidabuzarlik holatlari aniqlandi.
Jumladan, Peshkoʻ tumani Bobohoji MFY Boqimirishkor qishlogʻida yashovchi M.T. va M.Nlar qamish oʻsimligini noqonuniy oʻrib kelayotanligi aniqlanib tegishli tartibda hujjatlashtirildi.
Jondor tumanida olib borilgan tadbir davomida Jondor tumani Qozikenti MFY Xosakor qishlogʻida yashovchi 1959-yilda tugʻilgan M.H Qizil kitobga kiritilgan “Zarafshon qirgʻovuli”ni ovlaganlik holati aniqlanib O`zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish maqsadida sudga yuborilib, ushbu holat yuzasidan ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan bir dona ov quroli tegishli tartibda vaqtincha saqlash uchun viloyat IIB ga topshirildi.
Bundan tashqari Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida 3 ta holatda oshxona ishchilari tomonidan chiqindilarni belgilanmagan joyda tashlaganligi uchun maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Bu boradagi tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom ettirilmoqda.