14 Aprel 2022 yil 478

Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda.

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari tasdiqlangan grafik asosida “Barcha sa‘yi harakatlarimiz - inson qadri uchun” shiori ostida Buxoro viloyatida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy sayyor qabullarni o‘tkazmoqdalar.

Bugun, joriy yilning 14 aprel kuni soat 9:00 dan 13:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Buxoro tumanida o‘tkazilgan navbatdagi qabulda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Baxodir Mirzarahimov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev hamda boshqa sohaviy xizmatlar mutasaddilari ishtirokida Buxoro, Romitan va Peshku tumanlari fuqarolarining ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq 30 ga yaqin murojaatlarni qabul qildilar.

Bunda asosiy eʼtibor muammolarning ijobiy hal etilishiga qaratildi.

Sayyor qabul jarayonida 6 nafar fuqarolarga ID - kartalar tantanali ravishda topshirildi.

Bu kabi qabullarning tashkil etilishi mamlakatda inson qadr-qimmati har narsadan ustun ekanligi dalilidir. Aholining turmushidan rozi bo‘lib yashashida mutasaddilar qabulining o‘rni beqiyos.

Text to speech