Buxoro viloyatida xotin qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish hamda “Ayollar daftari”ga kirgan xotin qizlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan chora tadbirlar.
Xotin qizlarni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qo‘llab quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini taʼminlash ishlarini samarali tashkil etish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida “Ayollar daftari” joriy etildi. Bugungi kunda aholi orasida psixologik va huquqiy muammolarni aniqlash va bartaraf etishning “mahallabay” tizimi yaratilgan bo‘lib, ushbu tizim qisqa muddatda o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata oldi. Buxoro shahar IIO FMB HPB Xotin qizlar masalalari bo‘yicha masʼul xodimlari tomonidan “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin qizlarga huquqiy-psixologik yordamlar ko‘rsatilib kelinmoqda.
Jumladan Buxoro shahar 21-son o‘rta maktabda Buxoro shahar 3-sektorga qarashli “Ayollar daftari”ga kiritilgan Psixologik yordamga muhtoj ayollar bilan psixologlar ishtirokida seminar trening tashkil etildi va “Ayollar daftari”ga kiritilgan huquqiy yordamga muhtoj ayollarning muammolari o‘rganilib, ularning ijtimoiy -huquqiy himoyasi taminlab kelinmoqda.
Xotin qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida Buxoro shahar mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi va mahalla fuqarolar yig‘ini raisining xotin qizlarni ijtimoiy-maʼnaviy qo‘llab quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan bevosita hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Joriy yilning shu kuniga qadar olib borilgan chora tadbirlar natijasida Buxoro shahrida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 343 nafar xotin qizlarga nisbatan himoya orderi rasmiylashtirilib, davlat tomonidan qonuniy himoyaga olindi.
Aholi o‘rtasida bu boradagi profilaktik va targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.