25 Noyabr 2021 yil 752

Buxoro viloyatida YPX inspektoriga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Departamentning viloyat boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, joriy yilning 21 noyabr kuni Peshku tumani Yangibozor mahallasida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan I.T. spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda avtomashina boshqarganlik holati yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga YPX inspektoriga 200 AQSH dollar berishni taklif qilib, viloyat narkologiya dispanseri binosi oldida unga 2.100.000 so‘m pullarni berayotgan vaqtda qo‘lga olinib, belgilangan tartibda hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan I.T. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar yodda tuting!

Pora olish ham, pora berish ham jinoyat!

Text to speech