19 Noyabr 2021 yil 403

Buxoro viloyatidagi kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlarga masʼul etib biriktirilgan rahbar xodimlar tomonidan mahallalarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari B.Abdullayevning topshirig‘i hamda Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Prokuratura, Milliy gvardiya, Davlat soliq hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalarining 2021 yil 15 oktyabr kunidagi “Mahallalarni kriminogen vaziyatidan kelib chiqqan holda toifalash hamda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlarni yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”ga Qo‘shma Qarori asosida Buxoro shahridagi “qizil” toifaga kirgan “Chorbaxosa” va “Muxtor Ashrafiy” mahalla fuqarolar yig‘iniga huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirishga masʼul etib biriktirilgan Buxoro viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan, joriy yilning 19 noyabr kuni ushbu mahallalarga xizmat ko‘rsatuvchi profilaktika inspektorlariga mahallalardagi xonadonlar va tadbirkorlik subyektlarining bino va inshootlarini qo‘riqlash pultiga ulash orqali sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘g‘rilik jinoyatlarining oldini olish, shuningdek, mahallalarning kirish-chiqish joylariga kuzatuv kameralarini o‘rnatish yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish, “Xavfsiz xonadon” va “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida jinoyatlarni barvaqt oldini olishning mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha topshiriqlar berilib, “mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay” tizimlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni samarali tashkil etish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kirgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, faoliyatdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Text to speech