Buxoro viloyatining hududiy ichki ishlar organlari faoliyatini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borayotganingizdek, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev ichki ishlar organlarining quyi tizimlari faoliyatini o‘rganib, mavjud muammolar va xodimlarga yaratib berilgan shart-sharoitlar, shuningdek, quyi tizimlarning choraklik ish natijalarini muhokama qilib bormoqda.
Boshqarma boshlig‘i tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va hududiy ichki ishlar bo‘limi masʼullari bilan birgalikda Shofirkon tumanida bo‘lib, tumanning “Iskogari” mahalla fuqarolar yig‘ini 236-sonli huquq-tartibot maskani, ushbu mahalla chegara jamoat nazorati maskani hamda “Yangiqishloq” mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi 252-sonli Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining choraklik ish natijalarini, tayanch punktlari va xodimlar ish yurutuvidagi hujjatlarning holati, mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga doir bajarilgan ishlar keyingi choraklik yo‘l xaritasi va uning bandlari bilan birma-bir tanishdi.
Mazkur mahalla fuqarolar yig‘inlari profilaktika inspektorlari xizmat uylariga ham borib, xodimlar hamda ularning oila a‘zolari uchun yaratilgan turmush sharoitlarini yaqindan o‘rgandi.
Boshqarma boshlig‘i shu kuni tuman 2-sonli Ichki ishlar bo‘linmasining maʼmuriy hududida birinchi chorak davomida sodir bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklar yuzasidan masʼullarining hisobotlarini tinglandi.
Shundan so‘ng, Buxoro shahar “S.Raximov” va “G‘.G‘ulom” mahalllarida xizmat olib boruvchi profilaktika inspektorlarining xizmat uyi, xodim va uning oila a’zolari uchun yaratilgan turmush sharoitlari ko‘zdan kechirilib, bunda taʼmirlash ishlari olib borilishiga doir vazifalar belgilab berildi.
O‘rganishlar davomida hududlarda sodir etilgan jinoyatlar tahlilidan kelib chiqib, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, kundalik xizmat faoliyatini samarali tashkil etish, jinoyat va huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ariza va xabarlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, xodimlar yurituvidagi hujjatlarni tartibga keltirish, hududlarda “mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlash borasida manzilli topshiriqlar berib, ijrosini o‘z nazoratiga oldi.
Shuningdek, aniqlangan bir qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.