10 Dekabr 2021 yil 418

Buxoro viloyatining hududiy ichki ishlar organlariga qarashli 3-sektorlarida yashovchi oilalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri sovrini uchun sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Buxoro tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan bugun, 10 dekabr kuni tumanning 3-sektoriga qarashli mahallarida yashovchi oilalar o‘rtasida "Sog‘lom va barkamol oila" shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yana-da takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan tashkil etildi.

Qizg‘in kechgan bahslarda ishtirokchilar sportning shaxmat, shashka, badminton va stol tennisi kabi turlarida o‘zaro bellashib, yakuniynatijalarga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan oilaviy jamoalar munosib rag‘batlantirildi.

Text to speech