29 Dekabr 2021 yil 419

Buxoro viloyatining hududlarida “Yangi yil” bayram tadbirlarini o‘tkazish va unda fuqarolar hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi vazifalarga bag‘ishlangan yo‘riqnoma yig‘ilishi o‘tkazildi.

Joriy yilning 29 dekabr kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshlig‘i Shuxrat Aliyev va viloyat hokimining o‘rinbosari Mirali Hamroyevlar tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa mutasaddi idoralar masʼul rahbarlari hamda shahar-tumanlar masʼul rahbarlari ishtirokida videoselektor tartibida yo‘riqnoma yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 oktyabrdagi “Prezident archasi” tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada tashkil etish to‘g‘risida” gi va viloyat hokimining 2021 yil 3 dekabr kunidagi majlis bayonlari, IIVning 2021 yil 1 noyabrdagi tashkiliy tadbirlar rejasi hamda IIV, Milliy Gvardiya va Favqulotda vaziyatlar vazirligining qo‘shma rejasi asosida bayram tadbirlari o‘tkaziladigan va aholi gavjum joylarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar, kuch va vositalar taqsimoti, ularning xizmat faoliyatini tashkillashtirish borasidagi vazifalar birma-bir tushuntirib berildi.

Normativ hujjatlarda keltirilgan topshiriqlardan ko‘rsatmalardan kelib chiqib, har bir yo‘nalish bo‘yicha masʼul rahbarlar biriktirilib, ularning zimmalaridagi vazifalar yuzasidan aniq va manzilli ko‘rsatmalar berildi va tezkor shtablarning faoliyati kuchaytirildi.

Text to speech