Buxoroda 25 noyabr - “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni” doirasida konferensiya o‘tkazildi.
Buxoro viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmalari, va “Mahalla” xayriya jamoat fondi Buxoro viloyat bo‘limi hamkorligida BMT Bosh assambleyasi tomonidan eʼlon qilingan 25 noyabr - “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni” munosabati bilan “Ayolga eʼtibor – jamiyatga eʼtibor!” mavzudagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Tadbir davomida viloyatning turli hududlarida xotin-qizlar muammolarini o‘rganish, ularga yechim topish, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar huquqlarini taʼminlash, ularni himoya qilish borasida shaxsiy tashabbus ko‘rsatib, taalluqli idoralar hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda keng qamrovli profilaktik tadbirlar olib borganligi uchun hududiy ichki ishlar organlarining bir qator xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari viloyat hokimligining Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.