14 Sentyabr 2021 yil 688

Buxoroda afv etilgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, muammolari o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 avgust kunidagi 6298-sonli “Afv” farmoniga asosan Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qatʼiy o‘tgan 11 nafar buxorolik mahkumlar ham jazodan ozod etilgan edi.

Bu shaxslarning ijtimoiy hayotga moslashishi, foydali mehnat bilan shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish maqsadida hokimliklar, tegishli tashkilotlar tomonidan zarur chora-tadbirlar belgilangan.

Jumladan, joriy yilning 14 sentyabr kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari podpolkovnik Mansur Qodirov, viloyat hokimligining masʼul rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirokida afv etilgan fuqarolar bilan uchrashib, ularni uy-joy, ish bilan taʼminlash, salomatligi va boshqa masalalari yuzasidan muammolari, kelgusidagi maqsad va rejalari tinglandi. Bildirilgan muammoli masalalar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, mutasaddilarga manzilli topshiriqlar berildi.

Text to speech