8 Oktyabr 2021 yil 434

Buxoroda “Ayollar daftari” 2-bosqichiga kirgan xotin-qizlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.

Xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qo‘llab quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini taʼminlash ishlarini samarali tashkil etish va amalga oshirish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida “Ayollar daftari” joriy etilgan.

Buxoro shahar IIO FMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha masʼul xodimlari va Buxoro shahar Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi mutasaddilari hamkorlikda “Ayollar daftari” ga kirgan, hunarmand uyushmasiga aʼzo, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun o‘qib, sertifikat olgan holda kredit mablag‘larini olib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlagan Saidova Maftuna rahbarligidagi “Nurmuhammad TekstilMCHJ da o‘rganish ishlarini olib bordi.

Bu korxonada bugungi kunda 30 nafar “Ayollar” va “Yoshlar” daftariga kiritilgan chevarlar ish bilan taʼminlangan va hozirda ular daromad olmoqdalar.

Bundan tashqari ushbu ayollarning turmush sharoitlari ham o‘rganilib, mavjud muammolari yuzasidan manzilli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Text to speech