30 Aprel 2022 yil 708

Buxoroda bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi boshchiligida viloyat huquq-tartibot organlari mas’ullari tergov hibsxonada saqlanayotgan ayollar murojaatlarini qabul qildi

Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, “Barcha sa‘yi harakatlarimiz - inson qadri uchun” tamoyili asosida hududlar bo‘ylab barcha darajadagi rahbarlar tomonidan sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, bugun, 30-aprel kuni bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamovaning viloyatga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Senati a’zosi va Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili Abira Xuseynova, viloyat hokimi o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Feruza Ibragimova hamda viloyat Prokroturasi va Ichki ishlar boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullari birgalikda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish Departamenti 6-mintaqiy hudud 4-sonli tergov hibsxonasiga borib, muassasada saqlanayotgan mahbus va mahkuma xotin-qizlarning murojaatlarini qabul qildi.

Sayyor qabulda mas’ullar tomonidan 10 ga yaqin tergov va sud-huquq masalalariga oid murojaatlar birma-bir ko‘rib chiqildi. Ular tegishli tartibda qayd etilib, ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Text to speech