Buxoroda "GASHISH" giyohvandlik moddasini sotib mo‘may daromad qilmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.
2022 yil 3 aprel kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimalari tomonidan bojxona hamda DXX viloyat boshqarmalari xodimlari hamkorligida G‘ijduvon tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, “Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida harakatlanib, kelayotgan “Malibu” rusumli, avtotransport vositasi “Sarmijon” YPX maskanida to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, avtomashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan Buxoro shahar Yangiobod mahallasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan V.N. qo‘l so‘mkasida bo‘lgan paypoq ichida shaffof polimer paket o‘ramlarida jami 10 dona bo‘lak sof vazni 8,72 grammga teng bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan v.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qozg‘atilib, gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.